avatar
Куч
509.61
Рейтинг
+197.01

mahliyoqochqorova

Мақолалар

Zamonaviy ayollarning kundalik «Gap»lari

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
Ayolni sevmagan, ardoqlamagan, kuylamagan kim bor dunyoda?! Eh-he! Dunyoda ne-ne ulug' zotlar, sohibqironlar, sarkardalar, sultonlar, donishmandlar, daholar bu ulug` zot ishqida kuymadi deysiz?! Bugungi kun ayoli –uy bekasi, xizmatchi, muallim, shifokor, muhandis, olim, tadbirkor, lekin bu bir tomon,ammo u birinchi galda,kelgusi avlodni bunyodga keltiruvchi ona!Kelajak tayanchi-yoshlarimizni qanday tarbiya olishi ta`lim egallashi, qanday inson bo`lib voyaga yetishi,avvalo,shu buyuk  zotga bog`liqdir.Lekin ba`zi ayollarimizning ish bilan, dam olish kuni o`zlarining boshqa tashvishlari bilan ovvora bo`lib farzand tarbiyasiga unchalik ahamiyat bermayotgani dilimizni xira qiladi.Gohida yosh bolalarini televizor yoniga keltirib, u nimani tomosha qilayotgani bilan ishi hambo`lmay,o`z uy yumushlarini qilayotgan, kompyuterda turli xil saytlariga mukkasidan ketgan farzandiga huzur-halovati tufayli,”tinch o`tirsa bo`ldi” deydigan onalarimiz ham oramizda bor.Hozirda ko`pchilik ayollarimiz orasida ommalashib,rivjlanib borayotgan “Gap”larni olaylik.Avval uyda beriladigan bunday ziyofatlar kofe,restoranlarga ko’chganiga nima deysiz?!

Sevgi bu Baxtmi yoxud Qismat…..

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
Sevgi-muhabbat oila baxtining negizidir. His tuyg’udagi go’zallik sevgi va muhabbatda yorqin namoyon bo’ladi. Insonning eng nozik hislari, qalb torining ohanglari sevgi va muhabbatda aks etadi. Har bir yigit va qiz hayotida shunday bir payt bo’ladiki, butun  qalb, vujud, butun sezgi –tuyg’ular, fikr –o’y, butun ruhiy holat kimnidir izlaydi, nimagadir tashna. odamda eng yaqin bir insonga ehtiyoj tuyuladi, butun qalb harorati, butun borlig’ini kimgadir bag’ishlash, kimnidir ardoqlash bir umr yonida hamroh bo’lish istagi paydo bo’ladi. Bu  tuyg’uni bir so’z  bilan  muhabbat  deb ataymiz.  Muhabbat  shundayin ilohiy va ajib tuyg’udir. Biroq, hozirgi davr sevgisi bilan oldingi zamon sevgisining farqi nimada deb o’ylaysiz?

Muhabbatdan yaralgan dunyo…

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
         Shunday  tushunchalar borki, uni eshitilishingiz bilanoq, sizni  qandaydir iliq va yoqimli tuyg`ular chulg`ab oladi. Agar  ular bo`lmaganda hayot zulmatdan,tirikchilik vaxshiyona  kun o`tkazmoqdan iborat bo`lib qolardi. Muhabbat, sadoqat, xayrixohlik, oliyjanoblik kabilar hayotga nur,umrga mazmun baxsh etadi. Insonning sharafli mavqeida bularning alohida o`rni bor. Muhabbatning qamrovi keng. Vatanga, do`stga, qarindoshlarga, ota-onaga, aka-ukaga, opa-singilga, yorga muhabbat …Lekin uning mazmunida bir narsa juda aniq. Muhabbat kimgadir, nimagadir chanqoq bir intilish, butun borlig`ini unga baxshida etish tuyg`usi bilan yonish.

Yoshlik! Inson umrining so`nmas bahori!

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
 
Yoshlik! Inson umrining so`nmas bahori! Biz baxtdan masrur bo`lsak-da, barcha maqsadlarimiz ushalsa-da, o`smirlik, navqironlik yoinki, keksalikning ajib gashtini surayotgan bo`lsak-da, qanday holatda bo`lmaylik, baribir bolalik chog`larimizni, yoshlik beg`uborliklarini qo`msab, har lahzada sog`inib yashaymiz! Biroq, biz qancha harakat qilsak-da hech qachon vaqtni ortga qaytarib bo`lmaydi. Inson hayotidagi har bir daqiqaning o`z gashti, jozibasi, mazmuni va tarovati bor. Bugun kechagi kunga o`xshamaydi, kechagi kundagi holatni bugun takrorlab bo`lmaydi. Hayotning ko`rki va ulug`vorligi, qiziqligi va murakkabligi ham xuddi mana shu bir-biriga o`xshamas onlarning o`rin almashinib turishidadir. Hayotning barcha daqiqalari bir xil o`tsa, biri ikkinchisini takrorlasa, bunday paytda inson umri ma`nosiz va befoyda, his-tuyg`ulardan yiroqda kechar edi.

Ishbilarmonlik –davr talabi

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
“Qalovini topsang, qor ham yonadi”. Bu fikr, albatta, mamlakatimizda, ayniqsa bugungi kunda qanchalik haqiqatligini namoyon qilmoqda. Jamiyatimizning harakatlantiruvchi kuchi bo`lgan ishbilarmonlik bilan savdo-tijoratni rivojlantirish, a`lo, sifatli mahsulot bilan jahon bozoriga chiqish, xalqimiz moddiy va ma`naviy faravonligini ta`minlashning bosh masalasi ekanligi barchamizga ma`lum.Yurtboshimiz Islom Karimov tomonidan “kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o`rni tobora mustahkamlanib borayotganining o`zi iqtisodiyotimizning tarkibida bo`layotgan ijobiy o`zgarishlardan dalolat beradi.