avatar
Куч
509.61
Рейтинг
+197.01

mahliyoqochqorova

Мақолалар

Zulfiya Isroilova –vafo va sadoqat timsoli

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
 
           O`zbek she`riyati shunday chamanzorki,unda turfa gullar bo`y cho`zib turibdi. Rang-barang chamanzorda nafis bir gul o`ziga xos ifor taratib,kishini beixtiyor o`ziga jalb qiladi.Bu gul she`riyat chamanzoridagi o`ziga xos ovoz,noyob iste`dod sohibasi – Zulfiyaxonimdir!
    “She`rlarini eshitganimizda olamning bor mo`jizasini his etib,maftunkor satrlari bilan qalblarga bahoriy nafas olib keladigan, nomi nafaqat o`zbek,balki butun dunyo xalqlari xotirasida mangu shoira Zulfiyaxonim tavalludiga mana bir asr to`lmoqda. Uning jonlarga jon ato qilguvchi she`rlarini har gal mutolaa qilganimizda mangulik qo`shig`ini tinglagandek bo`lamiz. Shoira haqida Rimma Kazakova shunday degan edi:”Zulfiya nomi-kalit,u bilan yaxshilik, adolat va baxtga intilgan har qanday yurakni ochish mumkin”. Haqiqatan, bunday fikr bejiz aytilmagan.

Soliq-davlat tayanchi

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
    Inson tabiatga Olloh bergan eng oliy ehson. U jamiyatda o`zligini namoyon qiladi. Inson jamiyatsiz hech narsaga erisha olmaydi. Jamiyat esa insonlarsiz bir joyda to`xtab, barbod bo`ladi. O`zi yashayotgan jamiyatni jamiyatni gul-u bo`stonga aylantirish har bir madaniyatli, ma`naviyatli insonning ham farzi, ham burchidir. Tafakkuri boy, ongli inson huquqiy madaniyatga ega bo`lmog`i lozim. Huquqiy madaniyatga ega bo`lmog`i ham kerak. Qonunlarni faqat majburiyat  yoki qo`rquv yuzasidan emas, balki birinchi galda ongli va ixtiyoriy ravishda tushunib, anglab bajarishga o`rgatadi. Chunki insoniyat tarixi shundan iboratki, odamni qo`rqitish bilan tarbiyalab bo`lmaydi, madaniyatli qilish ham aslo mumkin emas. Madaniyat faqat bilim, izlanish, yuksak ong va tafakkur asosida shakllanadi. Demokratik jamiyatda odamlar va tashkilotlar soliqlar va boshqa to`lovlarni vaqtida to`lamaslik oqibatida davlat xazinasi zarar ko`radi. Demak, soliqni vaqtida to`lamagan odam qanchadan qancha kishilarning haqqiga xiyonat qilgan bo`ladi. Mashoyixlarning aytishicha, el-yurtga yomonlik qilgan kishining boshiga tavqi la`natlar yog`iladi.

Oila- yuksak mehr qo`rg`oni

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
           Har qaysi millatning o`ziga xos ma`naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o`rni va ta`siri beqiyosdir! Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg`ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag`rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma`naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va  andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir.

O`zbek adabiyotining so`nmas quyoshi

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
 
  O`zbekiston  diyorining she`riyat,umuman,adabiyot osmonida porloq yulduz bo`lib mavjlanishida o`zining ulkan hissasini qo`shgan shoir, o`zbek adabiyotining  quyoshi,adabiy tilimizni kamolotga yetkazgan Mir Alisher Navoiy so`z daholari orasida eng nodirlaridan biri bo`lish bilan birga ustozi Abdurahmon Jomiyning ta`biricha,”nizomi millati va din” ya`ni din va millatning nizomi darajasiga yetgan shaxs edi. Alisher Navoiy siymosining qaysi bir qirrasini o`rganmaylik, uning millat borlig`i va taraqqiyoti yo`lida buyuk xizmatlar qilganini anglaymiz.

Internetni cheklash, foydadan ko`ra zarar-mi yoki…?!

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
       Bugungi ilg`or texnika va texnologiyalar asrida internet, innavatsion texnalogiyalar va boshqa vositalarsiz yashash-sahroda yolg`iz o`zing, och-nochor qolish bilan barobardir. Negaki, zamon bilan ham nafas, unga hozirjavoblik bilan namuna ko`rsatish, ayniqsa, bugungi kunda juda muhim. Hozirgi davrda ko`proq yoshlar orasida internetdan foydalanish ovqatlanishning ikkinchi bir ko`rinishi, desak, o`ylaymanki, yanglishmaymiz!
       Biroq, nimani, nima uchun “iste`mol qilayotganini” bilmaydigan ayrim internet “jinni” lari ham ming afsuski, oramizda ko`payib bormoqda…

Ayol – Yaratganning buyuk mo`jizasi…

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
Ayol! Alloh Taoloning eng noyob, buyuk xilqati. Ne-ne buyuk zotlar shul zotlar ishqida kuyub, shohlik darajasidan gadolikda sarson kezib, gadolikdan esa shohlik darajasiga yetib o`tli ishqdan oltin toj kiymadilar deysiz?!

Ne-ne go`zallar tufayli qardosh, tinch mamlakatlar o`rtasida urushlar kelib сhiqib dunyoni ostun-ustun qilib yuborguvchi janglarning tinchlik sulhi tufayli hal bo`lishiga ham shu buyuk zotlar sababligiga dunyoni go`zallik qutqaradi demasdan boshqa ilojimiz yo`q!
Bugungi zamonamiz ayollari – muallim, shifokor, tadbirkor, jurnalist, hokim, deputat… Bu bir tomon. U eng, avvalo - Ayol! Kelajak avlodning davomchisi, ya`ni, yaratuvchisidir. To`qqiz oy rahmida ko`tarib, kechalari uyqu rohatini, kunduzlari hayot halovatini demay, issiq ko`ksida obihayot, shirin labzida bol berayotgan; bizga til ong bergan mehribon, buyuk onadan azizroq, ulug`roq zot yo`qdir, dunyoda!